Бюджетный кодекс

150-modda. Xarajatlar smetasiga va shtat jadvaliga o'zgartirishlar kiritish tartibi

(150-модда биринчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Byudjet tashkilotining yoki byudjet mablag'lari oluvchining so'roviga ko'ra moliya yilida uning uchun nazarda tutilgan xarajatlarning ayrim moddalar bo'yicha byudjetdan ajratiladigan mablag'larning hajmlari xarajatlarning boshqa moddalari bo'yicha byudjetdan ajratiladigan mablag'lar teng miqdorda kamaytirilgan hamda byudjet tashkiloti yoki byudjet mablag'lari oluvchi uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag'larning tasdiqlangan umumiy hajmi saqlab qolingan holda ko'paytirilishi mumkin. Mazkur o'zgartirishlar: O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilar bo'yicha — byudjet mablag'larini taqsimlovchi tomonidan; byudjet mablag'larini taqsimlovchilar bo'yicha — O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan; Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilar bo'yicha — Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan; tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilar bo'yicha — tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya bo'limlari tomonidan; davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet mablag'lari oluvchilar bo'yicha — davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ro'yxatdan o'tkaziladi. Byudjet tashkilotining va byudjet mablag'lari oluvchining so'roviga ko'ra kamaytirish tomonga o'zgartirishlar kiritishga yo'l qo'yilmaydigan xarajatlar moddalari O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Qonunchilikka muvofiq ish haqi miqdorlari oshirilishi munosabati bilan byudjet tashkilotining shtat jadvaliga kiritiladigan o'zgartirishlar iqtisodiyot va moliya organi tomonidan ro'yxatdan o'tkazilmaydi. Byudjet tashkilotining shtat jadvaliga kiritilgan o'zgartirishlar O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakl bo'yicha tegishli iqtisodiyot va moliya organida ro'yxatdan o'tkazilishi lozim, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida ko'rsatilgan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.