Бюджетный кодекс

149-modda. Davlat maqsadli jamg'armalari hamda O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi xarajatlariga o'zgartirishlar kiritish tartibi

(149-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Davlat maqsadli jamg'armalari hamda O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining xarajatlariga ularning tasdiqlangan hajmlariga nisbatan 3 foiz va undan ortiq miqdorga ko'paytirishni yoki kamaytirishni nazarda tutadigan o'zgartirishlar kiritish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat maqsadli jamg'armalari hamda O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining xarajatlariga ularning tasdiqlangan hajmlariga nisbatan 3 foizdan kam miqdorda ko'paytirish yoki kamaytirishni nazarda tutadigan o'zgartirishlar kiritish davlat maqsadli jamg'armalari hamda O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi taqsimlovchi organlarining taqdimiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat maqsadli jamg'armalari hamda O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining xarajatlarini ularning tasdiqlangan hajmlariga nisbatan ko'paytirish ularni qoplash manbalari mavjud bo'lgan taqdirda amalga oshiriladi. Davlat maqsadli jamg'armalari hamda O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining xarajatlariga ularning tasdiqlangan umumiy hajmlarini ko'paytirmasdan yoki kamaytirmasdan o'zgartirishlar kiritish davlat maqsadli jamg'armalarini hamda O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining taqsimlovchi organlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsatiga ko'ra hamda O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishuvga ko'ra amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.