Бюджетный кодекс

148-modda. Tumanlar va shaharlar byudjetlarining xarajatlari yoyilmasiga o'zgartirishlar kiritish tartibi

(148-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Bir hududiy byudjet mablag'larini taqsimlovchi uchun ajratilgan byudjet mablag'larni boshqa hududiy byudjet mablag'larini taqsimlovchiga o'tkazish ajratiladigan byudjet mablag'larining cheklangan miqdorining: 10 foiz va undan ortiq miqdorda xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan; 10 foizdan kam miqdorda tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu Kodeks 145-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablag'larini taqsimlovchi tasarrufidagi bir byudjet tashkiloti va byudjet mablag'lari oluvchidan boshqa byudjet tashkiloti va byudjet mablag'lari oluvchi uchun byudjetdan ajratiladigan mablag'larni o'tkazish hududiy byudjet mablag'larini taqsimlovchilar so'roviga ko'ra tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya bo'limlari tomonidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.