Бюджетный кодекс

141-modda. Aylanma kassa mablag'lari

(141-модда иккинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-660-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 31.12.2020 й., 03/20/660/1682-сон)

O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetining, Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining, Toshkent shahri shahar byudjetining, shuningdek tumanlar, shaharlar byudjetlarining aylanma kassa mablag'lari ularning daromadlari bilan xarajatlari o'rtasidagi vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash maqsadida shakllantiriladi. Aylanma kassa mablag'larining miqdorlari: O'zbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari uchun — O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan; tumanlar va shaharlar byudjetlari uchun — Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari to'g'risidagi qarorlar qabul qilinayotganda belgilanadi. Yil mobaynida aylanma kassa mablag'laridan jalb qilingan summalar yil oxirigacha tiklanishi lozim. Aylanma kassa mablag'larining yil oxiridagi miqdori belgilangan summaga mos kelishi kerak. Kelgusi moliya yili uchun belgilangan aylanma kassa mablag'lari: tegishli byudjetlarning shaxsiy g'azna hisobvaraqlaridagi mablag'larning yil boshidagi qoldiqlari; joriy yilning birinchi — uchinchi choraklari yakunlari bo'yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilishi summalari hisobidan to'ldiriladi. Tumanlar va shaharlar byudjetlarining ushbu moddaning to'rtinchi qismida ko'rsatilgan manbalari yetarli bo'lmaganda tumanlar va shaharlar byudjetlarining aylanma kassa mablag'larini to'ldirish to'g'risida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan qaror qabul qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.