Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilarning xarajatlar smetasi tashkilot bosh buxgalteri (uning o'rinbosari) va moliya-iqtisod bo'linmasi boshlig'i (shtat jadvaliga muvofiq moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo'yicha mutaxassis) tomonidan imzolanadi hamda tashkilot rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
Byudjet mablag'larini taqsimlovchining jamlanma xarajatlar smetasi byudjet mablag'larini taqsimlovchining bosh buxgalteri (uning o'rinbosari) va moliya-iqtisod bo'linmasi boshlig'i (shtat jadvaliga muvofiq moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo'yicha mutaxassis) tomonidan imzolanadi hamda byudjet mablag'larini taqsimlovchining rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
O'zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining kelgusi moliya yil uchun yillik jamlanma xarajatlar smetasi O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda joriy yilning 20 dekabriga qadar tasdiqlanadi.
O'zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining kelgusi moliya yil uchun xarajatlar smetalari O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan joriy yilning 25 dekabriga qadar tasdiqlanadi.
Kapital qurilish ob'yektlari bo'yicha xarajatlarning smetalari buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan qurilishlarning manzilli ro'yxatlari va ob'yektlarning titul ro'yxatlari asosida tuziladi.
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilarning xarajatlar smetalarini, byudjet mablag'larini taqsimlovchining kelgusi moliya yil uchun jamlanma xarajatlar smetalarini tasdiqlash joriy moliya yilining 20 dekabridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn103-modda. Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag'lari oluvchilarning xarajatlar smetalarini tasdiqlash
(103-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.