Xarajatlar smetalari byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilar tomonidan, yil oylari bo'yicha taqsimlangan holda:
xarajatlarning birinchi — uchinchi guruhlari bo'yicha xarajatlarning moddalariga ko'ra ajratib;
xarajatlarning to'rtinchi guruhi bo'yicha xarajatlarning moddalariga ko'ra ajratmasdan tuziladi.
Xarajatlar smetasiga xarajatlarning moddalari bo'yicha to'rtinchi guruh xarajatlari yoyilmasi, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun ustuvor ravishda kichik tadbirkorlik sub'yektlaridan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) guruhlarining ro'yxati bo'yicha xarajatlar yoyilmasi ilova qilinadi.
O'zbekiston Respublikasining xorijdagi har bir diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasasi bo'yicha xarajatlar smetalari O'zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan yillik jamlanma xarajatlar smetalari asosida xorijiy va milliy valyutada tuziladi.
Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag'lari oluvchilarning xarajatlar smetalari ikki nusxada, byudjet mablag'larini taqsimlovchi tasarrufidagi byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilar bo'yicha uch nusxada tuziladi.
Iqtisodiyot va moliya organlari va byudjet mablag'larini taqsimlovchilar byudjet tashkilotlari hamda byudjet mablag'lari oluvchilarning xarajatlar smetalariga doir hisob-kitoblarni talab qilishga haqlidir.
Byudjet mablag'larini taqsimlovchi o'z tasarrufidagi tashkilotlardan kelib tushgan xarajatlar smetalarini moliya yili uchun byudjet mablag'larini taqsimlovchiga byudjetdan ajratiladigan mablag'lar hajmi doirasida ko'rib chiqadi va byudjet mablag'larini taqsimlovchining O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladigan jamlanma xarajatlar smetasini tuzadi.
Xarajatlar smetasining, jamlanma xarajatlar smetasining va ularga doir ilovalarning shakllari, shuningdek ularni tuzish tartibi O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn102-modda. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilarning xarajatlar smetalarini tuzish
(102-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.