«Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida»gi qonun

28-modda. Nogironligi bo'lgan bolalar, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo'lgan bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam olishga bo'lgan huquqi kafolatlari

(28-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 17 майдаги ЎРҚ-770-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.05.2022 й., 03/22/770/0424-сон)

Nogironligi bo'lgan bolalar tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqiga ega bo'lib, bu profilaktika, davolash-tashxis qo'yish, reabilitatsiya, sanatoriy-kurort, protez-ortopediya yordamini, harakatlanish vositalari bilan imtiyozli shartlarda ta'minlanishni va boshqa yordam turlarini o'z ichiga oladi. Nogironligi bo'lgan bolalar davlat sog'liqni saqlash tizimi muassasalarida bepul tibbiy-ijtimoiy yordam olish va o'z uylarida parvarish qilinish huquqiga ega. Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo'lgan bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish tartibi, ularga beriladigan imtiyozlar ro'yxati qonunchilik bilan belgilanadi. Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo'lgan bolalar ota-onasi yoki ota-onasining o'rnini bosuvchi shaxslarning arizasiga ko'ra O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, homiylik va boshqa jamg'armalarning mablag'lari hisobidan, shuningdek ota-onasi yoki ota-onasining o'rnini bosuvchi shaxslarning mablag'lari hisobidan ijtimoiy muhofaza tizimi muassasalarida saqlanishlari mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.