Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sog'lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalariga, o'rta maxsus, ta'lim muassasalariga tarbiyaga berilgan kundan e'tiboran to'liq davlat ta'minotida bo'ladi.
To'liq davlat ta'minotida bo'lgan yetim bolalarga va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga ta'lim berish, ularni uy-joy, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy ta'minot buyumlari bilan ta'minlash, ular ta'lim muassasalarini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy ta'minot buyumlari sotib olish uchun nafaqa to'lash O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida»gi qonun
27¹-modda. To'liq davlat ta'minotida bo'lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar huquqlarining kafolatlari
(27¹-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 23 июлдаги ЎРҚ-486-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.07.2018 й., 03/18/486/1559-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.