Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar jamiyat hayotida ishtirok etishda boshqa bolalar bilan teng huquqlarga egadir.
Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ular oilalarining jamiyat hayotida faol ishtirok etishini ta'minlash uchun ularning sha'ni va qadr-qimmatini kamsitmaslik shartlari asosida dasturlar ishlab chiqish tashabbuskori bo'ladi hamda zarur resurslar ajratadi.
Ta'lim, tibbiyot va madaniy-ma'rifiy muassasalar nogironligi bo'lgan bolalarning hamda jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo'lgan bolalarning erkin harakatlanishlari uchun moslashtirilgan bo'lishi kerak.
Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni reabilitatsiya qilish tizimini shakllantirish va rivojlantirishni tashkil etadi hamda bunga ko'maklashadi.
Nogironlik belgilangan paytdan boshlab bola tegishli davlat organlari tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturidan foydalanish huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matn«Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida»gi qonun
25-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning jamiyatga uyg'unlashish huquqi kafolatlari
(25-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 17 майдаги ЎРҚ-770-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.05.2022 й., 03/22/770/0424-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.