Davlat bolaning oilada bo'lishiga to'sqinlik qiluvchi sharoitlarni bartaraf qilish, bola oilasidan ajratilgan hollarda esa uni oilasiga tezroq qaytarish bo'yicha zarur choralarni ko'radi.
Davlat nogironligi bo'lgan bolalarni hamda jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga moddiy yordam, maslahat yordami va boshqa yordam ko'rsatadi hamda ularni qo'llab-quvvatlaydi.
Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bola to'g'risida g'amxo'rlik qilishda imtiyozli huquq bu vazifani bajarishga qodir bo'lgan qarindoshlariga beriladi.
Bolani oilaga joylashtirishning imkoniyati bo'lmagan taqdirda, uni ixtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtirish oxirgi choradir.
Oilada tarbiyalanishi mumkin bo'lmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar ularga zarur g'amxo'rlikni hamda qo'llab-quvvatlashni ta'minlaydigan muqobil shaklda joylashtirilish huquqiga ega.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muqobil joylashtirishning shakllari quyidagilardir:
vasiylik va homiylikni belgilash;
bolani farzandlikka olish;
oilaga tarbiyaga olish (patronat);
ixtisoslashtirilgan tarbiya, davolash muassasalariga, ijtimoiy himoya muassasalariga joylashtirish.
Qonunchilikka muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muqobil joylashtirishning boshqa shakllari ham nazarda tutilishi mumkin.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muqobil joylashtirish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida»gi qonun
24-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning oila muhitiga bo'lgan huquqi kafolatlari
(24-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 17 майдаги ЎРҚ-770-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.05.2022 й., 03/22/770/0424-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.