Таможенный кодекс

12-modda. Tovarning but saqlanishini ta'minlashga doir operatsiyalar

(12-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Tovarning but saqlanishini ta'minlashga doir operatsiyalar jumlasiga quyidagilar kiradi: tozalash, shamollatish, quritish, shu jumladan iliq havoni vujudga keltirib quritish; saqlashning maqbul harorat rejimini yaratish, shu jumladan sovutish, muzlatish, isitish; himoya o'roviga o'rash, himoyalovchi moyni va konservantlarni surtish; zanglashdan himoya qilish uchun bo'yash, muhofazalovchi moddalar bilan ihotalash; korroziyaga qarshi qoplama surtish. Tovarlarning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, tovarning but saqlanishini ta'minlashga doir operatsiyalar jumlasiga qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi operatsiyalar ham kiritilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.