Bojxona tranziti bojxona rejimida turgan tovar bilan oraliq bojxona organi nazorati ostida quyidagi yuk operatsiyalarini va boshqa operatsiyalarni bajarishga yo'l qo'yiladi:
tovarni bojxona hududiga olib kirgan transport vositasidan olib, shu hududdan olib chiqadigan transport vositasiga yuklash;
bojxona tranziti bojxona rejimining amal qilish muddatini to'xtatib turish uchun, shu jumladan tovar tashilayotgan transport vositasi buzilib qolgan taqdirda shunday qilish uchun vaqtincha saqlash joylarida tovarni tushirish va vaqtincha joylab qo'yish (saqlash, turkumlarga bo'lish yoki turkumlarga to'plash va boshqa shu kabi operatsiyalar). Tovarni vaqtincha joylab qo'yish muddati mazkur operatsiyalarni bajarish uchun ketadigan vaqtdan yoxud transport vositasini ta'mirlash-tiklash ishlariga ketadigan vaqtdan kelib chiqqan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi, biroq bu muddat tovarning vaqtincha saqlash bojxona rejimida turishining eng ko'p muddatlaridan oshmasligi kerak.
O'zining faoliyat ko'rsatish zonasida bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar bilan ruxsat etilgan yuk operatsiyalari va boshqa operatsiyalar amalga oshiriladigan bojxona organi oraliq bojxona organi hisoblanadi.
Agar bajariladigan operatsiyalar tovar ustidan bundan buyongi bojxona nazoratini amalga oshirish imkoni bo'lmasligiga olib kelsa, oraliq bojxona organi ushbu tovar bilan operatsiyalarni amalga oshirishni taqiqlashga haqli.
Avariya, yengib bo'lmas kuch ta'siri yoki bojxona tranziti bojxona rejimiga muvofiq tovarning tashilishiga to'sqinlik qiladigan boshqa holatlarda, tashuvchi tovarning va transport vositasining but saqlanishini ta'minlash uchun barcha choralarni ko'rishi, eng yaqin bojxona organiga ushbu holatlar va tovar turgan joy to'g'risida darhol xabar qilishi, shuningdek tovarni eng yaqin bojxona organiga yoki bojxona organi ko'rsatgan boshqa joyga tashib o'tishi yoki tashilishini ta'minlashi shart.
lex.uz’dagi asl matn119-modda. Bojxona tranziti bojxona rejimiga muvofiq bojxona hududi bo'ylab olib o'tiladigan tovar bilan amalga oshiriladigan yuk operatsiyalari va boshqa operatsiyalar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.