Закон «О банках и банковской деятельности»

34-modda. Bankning kuzatuv kengashi

(34-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонунига асосан бешинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)

Bankning kuzatuv kengashi bank faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, boshqaruvga oid qarorlar qabul qilish jarayonida nazorat va tekshiruv vazifasini bajaradi hamda umuman bankning faoliyati va moliyaviy barqarorligi uchun javobgardir. Bankning kuzatuv kengashi bankni samarali va tadbirli boshqarishni, shu jumladan bank boshqaruvi a'zolari o'rtasida vakolatlarning hamda javobgarlikning taqsimlanishini, manfaatlar to'qnashuvining oldi olinishini va bartaraf etilishini ta'minlaydigan boshqaruv tashkiliy tuzilmasini belgilaydi hamda uning joriy etilishi ustidan nazorat va tekshiruvni amalga oshiradi. Bankning kuzatuv kengashi a'zolari bankning oqilona korporativ boshqaruviga ko'maklashishi hamda o'z vakolatlarini va majburiyatlarini bajarish chog'ida bankning, uning omonatchilari va aktsiyadorlarining qonuniy manfaatlarini inobatga olishi, shuningdek Markaziy bank bilan samarali hamkorlikni ta'minlashi kerak. Bank kuzatuv kengashining «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan vakolatlari jumlasiga qo'shimcha ravishda quyidagilar kiradi: strategik maqsadlarni, korporativ boshqaruv siyosatini, bankning boshqa ichki siyosatlarini, shu jumladan tavakkalchiliklarni aniqlash, boshqarish, monitoring qilish va ular to'g'risida xabardor etish, kapitalning yetarliligini lozim darajada saqlab turish siyosatini tasdiqlash hamda ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish; aktivlarni tasniflash asosida aktivlar bo'yicha ehtimoldagi zararlarga qarshi yaratiladigan zaxiralar shakllantirilishi ustidan nazorat qilish, shuningdek bankning kapital va umumiy zaxiralarining yetarli darajada saqlab turilishini ta'minlash; manfaatlar to'qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish tartibini tasdiqlash; bankning moliyaviy holatini tiklash rejalarini tasdiqlash; bankning boshqaruvi ustidan nazoratni amalga oshirish; bankning qabul qilingan biznes-rejasi bajarilishi ustidan nazorat qilish, shuningdek har chorakda bankning faoliyati natijalari to'g'risida bank boshqaruvining hisobotini eshitish; bankning ichki audit xizmati faoliyatini tashkil etish, shuningdek bank ichki audit xizmatining choraklik hisobotlari asosida bank boshqaruvi tomonidan bank strategiyalari va siyosatlariga rioya etilishini baholashdan o'tkazish; bank boshqaruvi a'zolari tomonidan taqdim etilgan axborotni, takliflarni va tushuntirishlarni o'rganish, muhokama qilish hamda ular bo'yicha bahslashish; bank faoliyatini boshqarish tizimi samaradorligini, shu jumladan bank boshqaruvi printsiplari monitoringini va ularni davriy baholashni amalga oshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun tegishli choralarni ko'rish; bir yilda kamida bir marta amalga oshirilgan nazorat va tekshiruv faoliyati to'g'risida aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishiga hisobot taqdim etish; yillik moliyaviy hisobotlarni tasdiqlash hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlar tizimining yaxlitligini ta'minlash; bankning uzoq muddatli moliyaviy manfaatlarini va Markaziy bank tomonidan kapitalga nisbatan belgilangan talablarni hisobga olgan holda prudentsial talablarga rioya etilishini ta'minlash. Islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankning kuzatuv kengashi bankda islomiy moliya standartlariga muvofiq bo'lgan samarali boshqaruv tizimini yo'lga qo'yish uchun javobgardir. Bankning kuzatuv kengashi a'zolari soni, bank aktsiyadorlari sonidan qat'i nazar, besh kishidan kam bo'lmagan miqdorda toq sonda bo'lishi lozim. Kuzatuv kengashi a'zolarining ko'pchiligi bankka aloqador shaxslar bo'lmasligi kerak, bundan ularning kuzatuv kengashidagi a'zoligi mustasno. Bank kuzatuv kengashi a'zolari o'z mulohazalarining mustaqilligi bo'yicha talablarga rioya etishi kerak. Quyidagi hollarda shaxs kuzatuv kengashi a'zoligiga saylanishi mumkin emas yoki saylangan shaxs kuzatuv kengashi a'zoligi huquqidan mahrum etiladi, agar: shaxs ikki yoki undan ortiq bankning kuzatuv kengashi a'zosi bo'lsa yoki a'zo bo'lish niyatida bo'lsa, bundan mazkur banklar bir bank guruhiga tegishli bo'lgan hollar mustasno; shaxsning vakolatlari Markaziy bank talabiga ko'ra muddatidan ilgari tugatilgan bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.