Bank:
javobgarlikning shaffof sohalarini;
bank duchor bo'lgan yoki duchor bo'lishi mumkin bo'lgan tavakkalchiliklarni aniqlash, boshqarish, monitoring qilish va ular haqida xabardor etishning samarali tartib-taomillarini (tanglik vaziyatining sodir bo'lishi stsenariylarini);
operatsiyaga oid tavakkalchilikning o'rnini qoplash uchun likvidlikni va kapitalning yetarliligini baholash tartib-taomilini;
ichki nazoratning tegishli mexanizmlarini, shu jumladan buxgalteriya hisobini yuritish tartibini;
tavakkalchiliklarni oqilona hamda samarali boshqarishga ko'maklashadigan hamda mos keladigan xodimlarni mukofotlashning siyosati va usullarini belgilovchi korporativ boshqaruvning aniq ifodalangan tashkiliy tuzilmasiga ega bo'lishi kerak.
Korporativ boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi, tartib-taomillari va mexanizmlari kompleks tusga ega bo'lishi hamda bank amalga oshirayotgan biznes-model va faoliyatga xos bo'lgan tavakkalchiliklarning xususiyati, miqyosi hamda murakkabligiga muvofiq bo'lishi kerak. Ichki nazorat mexanizmlari kamida boshqaruv vazifalari bajarilishini va tavakkalchiliklar baholanishini hamda ichki audit talablariga rioya etilishini ta'minlashi kerak.
Banklardagi korporativ boshqaruvga doir talablar Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnЗакон «О банках и банковской деятельности»
33-modda. Korporativ boshqaruv
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.