Правила государственной регистрации автомототранспортных средств (ПКМ №683, 2017)

37-band. 4-bob. Avtomotransport vositalarini vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish — 37-band

Bir shaxs tomonidan boshqa shaxsga lizing yoki sublizing shartnomasi doirasida vaqtinchalik egalik qilish va foydalanishga berish uchun olingan avtomototransport vositasini vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish, tuzilgan avtomototransport vositasining lizing (sublizing) shartnomasi talablaridan kelib chiqib, lizing beruvchi yoki lizing oluvchi nomiga lizing (sublizing) shartnomasida ko'rsatilgan muddatga amalga oshiriladi. Agar lizing shartnomasida lizing oluvchi nomiga avtomototransport vositasini vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish haqida bir xildagi qoidalari mavjud bo'lmasa, unda avtomototransport vositasi lizing beruvchi nomiga ro'yxatdan o'tkaziladi. Avtomototransport vositasini lizing beruvchiga vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish lizing beruvchining yashash (turgan) joyi bo'yicha, lizing oluvchiga esa — lizing oluvchining yashash (turgan) joyi bo'yicha amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.