Правила государственной регистрации автомототранспортных средств (ПКМ №683, 2017)

36¹-band. 4-bob. Avtomotransport vositalarini vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish — 36¹-band

Distribyutor yoki diler tashkiloti tomonidan ilgari foydalanishda bo'lgan avtomototransport vositasi sotib olinganda, shu jumladan, «TRADE-IN» va «TRADE-UP» dasturlari bo'yicha vaqtincha ro'yxatdan o'tkazish uchun distribyutor yoki diler tashkiloti vakili hududiy DYHXX organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: distribyutor yoki diler tashkilotining arizasi; distribyutor yoki diler tashkiloti vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjat; o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan distribyutor yoki diler tashkiloti vakilining ishonchnomasi; distribyutor yoki diler tashkiloti bilan avtomototransport vositasining egasi o'rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi; avtomototransport vositasining RO'DRB va ro'yxatdan o'tkazilganligi haqidagi guvohnomasi. Distribyutor yoki diler tashkiloti tomonidan sotib olingan ilgari foydalanishda bo'lgan avtomototransport vositasini, shu jumladan, «TRADE-IN» va «TRADE-UP» dasturlari bo'yicha distribyutor va diler tashkiloti tomonidan DYHXX organlarida vaqtincha ro'yxatdan o'tkazishda ma'lumotnoma beriladi (vaqtincha ro'yxatdan o'tkazilgan avtomototransport vositasiga RO'DRB va ro'yxatdan o'tkazilganligi haqidagi guvohnoma berilmaydi). Mazkur ma'lumotnoma avtomototransport vositasini boshqarish huquqini bermaydi (distribyutor yoki diler tashkilotining joylashgan manziliga yoki avtomototransport vositasini saqlash joyiga yetib olish bundan mustasno). Distribyutor va diler tashkilotlari tomonidan ilgari foydalanishda bo'lgan avtomototransport vositalarini sotib olganlik uchun, shu jumladan, «TRADE-IN» va «TRADE-UP» dasturlari bo'yicha ularni DYHXX organlarida vaqtincha ro'yxatdan o'tkazish vaqtida yig'im to'lanmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.