Temir yo'l kesishmasida majburan to'xtab qolgan transport vositasining haydovchisi darhol odamlarni tushirish va kesishmani bo'shatish choralarini ko'rishi;
Shu bilan bir vaqtda haydovchi:
imkoniyati bo'lganda, yaqinlashib kelayotgan poyezd mashinistiga to'xtash ishorasini berish qoidasini tushuntirib, ikki kishini temir yo'l yoqasi bo'ylab ikkala tomonga 1000 metr masofaga (agar bir kishi bo'lsa — uni yo'l yaxshi ko'rinmaydigan tomonga) yuborishi;
transport vositasi yonida qolishi va umumiy xatar ishorasini berishi;
poyezd ko'ringanda to'xtash ishorasini berib, u kelayotgan tomonga yugurishi kerak.
To'xtash ishorasi qo'lni (kunduzi yorqin mato parchasi yoki aniq ko'rinadigan biror narsa bilan, tunda esa mash'ala yoki chiroq bilan) gir aylantirish orqali beriladi.
Bitta uzun va uchta qisqa tovushli ishoralar umumiy xatar ishorasi hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matnRoad Traffic Rules (Cabinet Resolution No. 172, 2022)
120-band. 18-bob. Temir yo'l kesishmalari orqali harakatlanish — 120-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.