Road Traffic Rules (Cabinet Resolution No. 172, 2022)

12-band. 2-bob. Haydovchilarning umumiy vazifalari — 12-band

Haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi: transport vositasini spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kuchli ta'sir qiluvchi moddalar ta'sirida yoki o'zgacha tarzda mast holatda, sezgirlik va e'tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta'sirida, yo'l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik va betoblik holatida boshqarish; har qanday mastlik holatida, sezgirlik va e'tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta'sirida, yo'l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik va betoblik holatida bo'lgan, shuningdek, tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi bo'lmagan, yo'l varaqasida yoki transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta polisida ism-familiyasi ko'rsatilmagan (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha shartnoma ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaxslarning foydalanilishini hisobga olgan holda tuzilgan hollardan tashqari) shaxslarga transport vositasini boshqarish uchun topshirish; tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz bo'lgan, sutkaning qorong'i vaqtida yoki ko'rinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari, yomg'ir yoki qor yog'ayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish; tegishli ruxsatsiz transport vositalariga maxsus texnik jihoz (ratsiya, sirena va shu kabilar)lar o'rnatish; transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi, shu jumladan piyodalar jamlanmalari harakatiga xalaqit berish va ular orasiga kirish; transport vositasini boshqarish paytida telefondan (telefondan quloqchinlar orqali va qo'llarni ishlatmasdan turib so'zlashuvlar olib borish imkoniyatini beradigan boshqa uskunalar orqali foydalanish bundan mustasno), transport vositasi salonining old qismiga o'rnatilgan tele, videomonitordan tele, videodasturlarni tomosha qilish uchun foydalanish; aholi punktlarida transport vositalarining magnitofon va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalarni hamda dvigatel shovqinini belgilangan me'yordan baland ovozda qilib foydalanish. konstruktsiyasida xavfsizlik kamarlari nazarda tutilgan hollarda o'zi tomonidan xavfsizlik kamari taqilmagan, mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterda, shuningdek, kichik hajmdagi mototransport vositalarida esa motoshlem kiyilmagan va qadab olinmagan holda boshqarish; avtomobil salonidan o'zining tana qismlarini (qo'ldan tashqari) chiqargan holda harakatlanish; Harakatlanish vaqtida ushbu Qoidalarga 3-ilovada ko'rsatilgan transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar yuzaga kelganda, haydovchi ularni bartaraf etishi, agar buning iloji bo'lmasa, zarur bo'lgan ehtiyot choralarini ko'rgan holda ta'mirlash yoki to'xtab turish joyiga evakuator yoki shatakka olish orqali transport vositasini olib borish choralarini ko'rishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.