Yo'l harakati to'g'risidagi qonun

44-modda. Transport vositalarini boshqarish huquqi

Quyidagilarni: mototsikllar, motorollerlarni va boshqa mototransport vositalarini boshqarish huquqi — o'n olti yoshga to'lgan shaxslarga beriladi; ruxsat etilgan eng ko'p og'irligi 3500 kilogrammdan va o'rindiqlar soni haydovchining o'rindig'idan tashqari sakkiztadan oshmaydigan avtomobillarni boshqarish huquqi, bundan taksi mustasno — o'n sakkiz yoshga to'lgan shaxslarga beriladi; ruxsat etilgan eng ko'p og'irligi 3500 kilogrammdan oshadigan yuk avtomobillarini boshqarish huquqi — o'n sakkiz yoshga to'lgan shaxslarga beriladi; taksi sifatida foydalaniladigan avtomobillarni, shuningdek yo'lovchilar tashish uchun mo'ljallangan va haydovchining o'rindig'idan tashqari sakkiztadan ortiq o'rindig'i bo'lgan avtomobillarni, tramvaylar va trolleybuslarni boshqarish huquqi — yigirma bir yoshga to'lgan shaxslarga beriladi; transport vositalari tarkiblarini boshqarish huquqi — ushbu qismning uchinchi, to'rtinchi va beshinchi xatboshilarida ko'rsatilgan transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo'lgan shaxslarga transport vositasini boshqarish staji o'n ikki oydan kam bo'lmagan taqdirda beriladi. Transport vositalarini boshqarish huquqi tibbiy tekshiruvdan o'tgan va malaka imtihonlarini topshirgan shaxslarga beriladigan belgilangan namunadagi guvohnoma bilan tasdiqlanadi. Malaka imtihonlarini topshirish va transport vositalarini boshqarish huquqiga doir guvohnomani berish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi hududida belgilangan talablarga muvofiq bo'lgan milliy va xalqaro haydovchilik guvohnomalari amal qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.