Yo'l harakati ishtirokchilarining yo'llarda harakatlanishning xavfsiz shart-sharoitlariga bo'lgan huquqlari davlat tomonidan kafolatlanadi.
Yo'l harakati ishtirokchilarining o'z huquqlarini amalga oshirishi yo'l harakati boshqa ishtirokchilarining huquqlarini cheklamasligi yoki buzmasligi kerak.
Yo'l harakati ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega:
Yo'l harakati qoidalariga muvofiq yo'llarda erkin va moneliksiz harakatlanish;
qonunchilikda nazarda tutilgan o'z huquqlarining cheklanishi yoki buzilishi sabablari to'g'risida maxsus vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslaridan tushuntirishlar olish;
harakatlanishning xavfsiz sharoitlari to'g'risida, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash bilan bog'liq bo'lgan texnik vositalar va xizmatlarning sifati haqida to'liq hamda ishonchli axborot olish;
yo'l-transport hodisalari sodir bo'lganda qonunchilikka muvofiq zimmasiga bepul tibbiy yordam ko'rsatish, qutqaruv ishlarini olib borish va boshqa shoshilinch yordam ko'rsatish majburiyati yuklatilgan tashkilotlar hamda mansabdor shaxslardan shunday yordamlar olish;
yo'l-transport hodisasi natijasida o'ziga tan jarohatlari yetkazilgan, transport vositasi va yuk shikastlangan hollarda, qonunchilikda belgilangan tartibda zararning o'rni qoplanishi, shuningdek ma'naviy zarar kompensatsiya qilinishi;
maxsus vakolatli davlat organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining yo'l harakati sohasidagi qonunga xilof qarorlari, shuningdek ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
yo'l belgilarini, chiziqlarini, svetoforlarni o'zgartirish va o'rnatish yuzasidan, yo'l qoplamasining holati haqidagi takliflar hamda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash masalalariga doir boshqa takliflar bilan tegishli organlarga murojaat etish.
Yo'l harakati ishtirokchilari:
yo'l harakati to'g'risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
yo'l harakati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi shart.
Yo'l harakati ishtirokchilari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi va ularning zimmasida o'zga majburiyatlar bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati to'g'risidagi qonun
43-modda. Yo'l harakati ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.