Law on Road Traffic (2024)

29-modda. Yo'l harakatini tashkil etish loyihalari

Yo'l harakatini tashkil etish loyihalari yo'l harakatini tashkil etish bo'yicha kompleks dasturlarda ko'rsatilgan tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek og'ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining harakatlanish yo'nalishlarini belgilash maqsadida loyihalash tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi. Xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan yo'llarda yo'l harakatini tashkil etish loyihalari xalqaro normalar talablari hisobga olingan holda bajariladi. Og'ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining harakatlanish yo'nalishlari bo'yicha yo'l harakatini tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish chog'ida quyidagilar hisobga olinadi: og'ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashish qoidalari; taqiqlovchi yo'l belgilarini o'rnatish; og'ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining yo'l sun'iy inshootlari orqali o'tishi tartibi. Og'ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining yo'l sun'iy inshootlari orqali o'tishi tartibi maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan belgilanadi. Tadbirlarni yo'l harakatini tashkil etishning tasdiqlanmagan loyihalari bo'yicha amalga oshirishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Yo'l harakatini tashkil etish loyihalari - bu yo'lda avtomobillar, avtobuslar va yuk tashish vositalarining xavfsiz harakatini ta'minlash uchun loyihalash tashkilotlari tomonidan tayyorlangan hujjatlar. Ushbu loyihalarda yo'l belgilari, taqiqlovchi belgilar va og'ir yuk tashuvchi mashinalarning yo'nalishlari ko'rsatiladi. Kimga tegishli Ushbu qoida loyihalash tashkilotlari, yo'l xo'jaligi organlari va og'ir yuk tashuvchi transport vositalarining egalari uchun majburiydir. Amalda Masalan, shahardan tashqarida yangi yo'l qurilayotgan bo'lsa, loyihalash tashkiloti o'sha yo'lda qanday tezlikda harakatlanish kerak, qayerda to'xtash mumkin va og'ir yuk tashuvchi mashinalarga qaysi yo'nalishlari ruxsat ekanligini belgilab beradi. Ushbu loyiha davlat organlari tomonidan tasdiqlangandan keyin amal qila boshlaydi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.