Yo'l harakatini tashkil etish bo'yicha kompleks dasturlar yo'l harakatini tashkil etishning strategik yo'nalishlarini belgilash hamda yo'l harakatini boshqarish samaradorligini ta'minlash yuzasidan qarorlar qabul qilish uchun ishlab chiqiladi.
Yo'l harakatini tashkil etish bo'yicha kompleks dasturlar tumanlar (shaharlar) kesimida besh yil muddatga ishlab chiqiladi hamda ular asosida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo'yicha kompleks dasturlar tayyorlanadi.
Tumanlarning (shaharlarning), shaharchalar, qishloqlar va ovullarning ko'chalarida, shuningdek xo'jalik yo'llarida yo'l harakatini tashkil etish bo'yicha kompleks dasturlar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritiladi.
Umumiy foydalanishdagi yo'llarda yo'l harakatini tashkil etish bo'yicha kompleks dasturlar O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tayyorlanadi va tasdiqlanadi.
Yo'l harakatini tashkil etish bo'yicha kompleks dasturlarda quyidagilar nazarda tutiladi:
yo'l harakatini tashkil etish bo'yicha tadbirlar;
atrof-muhitga transport vositalarining salbiy ta'sirini kamaytirishni ta'minlash bo'yicha tadbirlar;
yo'l harakatini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish;
aholisi besh yuz ming nafar kishidan ortiq bo'lgan shaharlarda — tranzit tashuvchilar uchun aylanib o'tish (halqa) yo'llari haqidagi, tirbandliklarning oldini olish maqsadida shaharga kirilayotganda to'xtab turish joylari to'g'risidagi, shahar hududidagi mavjud to'xtab turish joylari haqidagi avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini joriy etish;
yo'llarni va yo'l ob'yektlarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, kapital ta'mirlash hamda ta'mirlash bo'yicha tadbirlar.
Yo'l harakatini tashkil etish bo'yicha kompleks dasturlarda ko'rsatilgan tadbirlarni amalga oshirish O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari va byudjetdan tashqari mablag'lar hisobidan amalga oshiriladi.
Yo'l harakatini tashkil etish bo'yicha kompleks dasturlar ommaviy axborot vositalariga, shu jumladan maxsus vakolatli davlat organlarining va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati to'g'risidagi qonun
28-modda. Yo'l harakatini tashkil etish bo'yicha kompleks dasturlar
(28-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.