Yer kodeksi

65-modda. Shaharlar va posyolkalardagi qishloq xo'jaligida foydalaniladigan va boshqa yerlar

(65-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 6 июндаги ЎРҚ-775-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.06.2022 й., 03/22/775/0477-сон)

Shaharlar va posyolkalardagi qishloq xo'jaligida foydalaniladigan va boshqa yerlarga qishloq xo'jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining egaligidagi haydaladigan yerlar, bog'lar, uzumzorlar, tutzorlar, mevazorlar, polizlar, pitomniklar, yaylovlar, pichanzorlar, sug'orish, zax qochirish va yo'l tarmog'i, imoratlar, hovlilar, maydonlar egallab turgan va boshqa yerlar kiradi. Shaharlar va posyolkalarning chegarasidagi qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yerlarda hamda boshqa yerlarda imoratlar va inshootlar qurishga bu yerlar ushbu Kodeksning 9-moddasiga muvofiq yer fondining boshqa toifasiga o'tkazilganidan keyin yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.