Yer kodeksi

64-modda. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari

(64-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlariga quyidagilar kiradi: maydonlar, ko'chalar, tor ko'chalar, yo'llar, sug'orish tarmog'i, sohil bo'yi yerlari va shu kabi yerlar; aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (o'rmon-bog'lar, skverlar, istirohat bog'lari, xiyobonlar, sayilgohlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar); kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsizlantirish va ulardan foydalanish joylari va boshqa shu kabi joylar). Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan ob'yektlarni saqlash vazifalari o'z zimmasiga yuklatilgan davlat organlari, muassasalari va korxonalariga, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga doimiy foydalanishga beriladi, bunday ob'yektlar mavjud bo'lmagan taqdirda esa aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari davlat mulki sifatida shahar, tuman ijro etuvchi hokimiyat organlarining bevosita tasarrufida bo'ladi. Aholi punktlaridagi suv havzalarining sohil bo'yi yerlari va qirg'oq mintaqasidan birinchi navbatda dam olish va sport maqsadlarida foydalaniladi. Umumiy foydalanishdagi yerlarda faqat yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlariga mos keladigan imorat va inshootlar qurishga ruxsat beriladi, bundan ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Yo'llar va ariq tarmoqlari egallagan yerlardan tashqari umumiy foydalanishdagi yer uchastkalari ushbu moddaning ikkinchi qismida ko'rsatilgan tashkilotlar tomonidan yuridik shaxslarga va fuqarolarga yengil turdagi ob'yektlar (savdo chodirlari, do'konchalar, reklama konstruktsiyalari va shu kabilar) qurish uchun elektron onlayn-auktsion vositasida qisqa muddatli ijaraga berilishi mumkin. Davlat mulki bo'lgan hamda aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni yoki ularning bir qismini xususiylashtirish yoxud boshqacha tarzda begonalashtirish, ushbu yerlarda binolar va inshootlarni qurish (bundan yengil turdagi ob'yektlar, shuningdek obodonlashtirish va muhandislik infratuzilmasi ob'yektlari mustasno) yoki mavjud binolar va inshootlarning qurilish maydonlarini kengaytirish, shuningdek ushbu yerlarning hududini qisqartirish taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.