Yer kodeksi

30⁴-modda. Servitutni bekor qilish

Servitut quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin: servitut ishtirokchilarining o'zaro kelishuviga ko'ra; yer egasining, yerdan foydalanuvchining, yer uchastkalari ijarachisi va mulkdorining yoki servitut kimning manfaatlarini ko'zlab belgilangan bo'lsa, o'sha shaxsning asoslangan talabiga ko'ra; servitutdan uzoq muddat (kamida uch yil) foydalanilmaganda; servitutning amal qilish muddati tugaganda; agar servitut belgilash uchun sabab bo'lib xizmat qilgan asoslar o'z ahamiyatini yo'qotgan bo'lsa; qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko'ra. Servitutni bekor qilish to'g'risida servitut ishtirokchilari o'rtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda, servitut sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.