Yer uchastkasiga nisbatan servitut to'g'risidagi shartnoma yozma shaklda tuziladi.
Servitut to'g'risidagi shartnomada quyidagi shartlar ko'rsatilishi kerak:
servitut belgilanishi kerak bo'lgan yer uchastkasining kadastr raqami;
servitutni belgilashning maqsadlari va asoslari;
shartnoma taraflari to'g'risidagi ma'lumotlar;
servitutning amal qilish muddati;
servitut uchun belgilangan haq miqdori (mavjud bo'lganda);
shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari hamda javobgarligi;
belgilangan servitut muddati tugaganidan keyin yer uchastkasini undan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish haqidagi servitut majburiyati.
lex.uz’dagi asl matnYer kodeksi
30¹-modda. Servitut to'g'risidagi shartnoma
(30¹-модда иккинчи қисмининг саккизинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 5 майдаги ЎРҚ-1061-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.05.2025 й., 03/25/1061/0409-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.