Ichki ishlar organlari:
xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
tazyiq va zo'ravonlikning oldini olish, shu jumladan ularning sabablarini hamda shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ko'radi, xotin-qizlarga tazyiq o'tkazayotgan va ularga nisbatan zo'ravonlik sodir etgan shaxslar bilan muntazam asosda profilaktika ishlarini olib boradi;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik sodir etilganligi yoki sodir etilishi tahdidi mavjudligi to'g'risidagi murojaatlarni ko'rib chiqadi;
tazyiq yoki zo'ravonlik sodir etishga moyil bo'lgan shaxsga rasmiy ogohlantirish beradi;
himoya orderini beradi;
zo'ravonlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan o'z vakolatlari doirasida choralar ko'radi;
xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonun
8-modda. Ichki ishlar organlarining xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
(8-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.