«Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonun

26-modda. Himoya orderida nazarda tutilgan cheklovlar

(26-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-829-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2023 й., 03/23/829/0208-сон)

Himoya orderida quyidagi cheklovlar nazarda tutilishi mumkin: tazyiq o'tkazishni va zo'ravonlik sodir etishni taqiqlash; tazyiq o'tkazgan yoki zo'ravonlik sodir etgan shaxsning tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchilar bilan aloqasini taqiqlash (ish joylarida va ta'lim muassasalarida tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchining tazyiq o'tkazgan va zo'ravonlik sodir etgan shaxs bilan bilvosita aloqasiga yo'l qo'yiladi); tazyiq o'tkazilgan va zo'ravonlik sodir etilgan taqdirda tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchining hamda tazyiq o'tkazgan va zo'ravonlik sodir etgan shaxsning bir xonada birga bo'lishini taqiqlash; tazyiq o'tkazgan va zo'ravonlik sodir etgan shaxsning zimmasiga tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchini davolash, unga maslahat berish, uni tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam ko'rsatish bo'yicha maxsus markazga joylashtirish uchun xarajatlarning, yetkazilgan moddiy zararning o'rnini qoplash, shuningdek ma'naviy ziyonni kompensatsiya qilish majburiyatini yuklatish; tazyiq o'tkazgan va zo'ravonlik sodir etgan shaxsning qurolni (bundan xizmat quroli mustasno) saqlash va olib yurish huquqini himoya orderining amal qilishi yoki unda ko'rsatilgan muddat davrida cheklash yoxud taqiqlash, shuningdek qurol sotib olish uchun ruxsatnoma olishga doir huquqini taqiqlash. Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish masalasini hal qilishda, sud mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlardan tashqari quyidagi cheklovlarni qo'llashga haqli: tazyiq o'tkazgan va zo'ravonlik sodir etgan shaxsning muayyan joylarga borishini taqiqlash; narkologik kasallikdan ambulatoriya yoki statsionar sharoitlarda davolanish kabi majburiyatlardan birini yoki bir nechtasini tazyiq o'tkazgan va zo'ravonlik sodir etgan shaxsning zimmasiga yuklatish; tazyiq o'tkazgan va zo'ravonlik sodir etgan shaxsning jabrlanuvchi yashaydigan uy-joy maydonidan yoki uning bir qismidan foydalanish, jabrlanuvchining ish joyiga yoki u joylashgan boshqa joylarga yaqinlashish huquqini vaqtinchalik cheklash. Himoya orderining amal qilish muddati uzaytirilgan taqdirda ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko'rsatilgan talablardan tashqari, unga tazyiq o'tkazgan va zo'ravonlik sodir etgan shaxsning zo'ravonlik xulq-atvorini o'zgartirish bo'yicha tuzatish dasturidan o'tishi to'g'risidagi shart majburiy tartibda kiritiladi. Agar himoya orderini berish va uning amal qilish muddatini uzaytirish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish chog'ida O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat belgilari aniqlansa, himoya orderini berish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish bilan bir vaqtda ish materiallari jinoiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.