Himoya orderida quyidagilar ko'rsatiladi:
u rasmiylashtirilgan sana va joy;
uni rasmiylashtirish uchun asos bo'lib xizmat qilgan holatlar;
tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchining hamda tazyiq o'tkazgan yoki zo'ravonlik sodir etgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug'ilgan sanasi va joyi, kasbi hamda yashash joyi;
ushbu Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarning ro'yxati.
Himoya orderida tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchining sudga murojaat qilish huquqi to'g'risidagi, tazyiq o'tkazgan va zo'ravonlik sodir etgan shaxsning himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun ma'muriy javobgarligi haqidagi ma'lumot ko'rsatiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonun
25-modda. Himoya orderining mazmuni
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.