«Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonun

19-modda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar

Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlarning xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik sodir etishga moyil bo'lgan yoki uni sodir etgan g'ayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslarni aniqlash hamda ularga profilaktik ta'sir ko'rsatish bilan bog'liq faoliyati xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlardir. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar muayyan shaxsning, uning ijtimoiy muhitining o'ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-maishiy sharoitlari va turmush tarzi, uning g'ayriijtimoiy xulq-atvori, tazyiq va zo'ravonlik sodir etishga moyilligi, shuningdek u sodir etgan tazyiq va zo'ravonlikning ijtimoiy xavflilik darajasini tavsiflovchi boshqa omillar hisobga olingan holda qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.