«Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonun

18-modda. Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchilar uchun ishonch telefoni

(18-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 18 октябрдаги ЎРҚ-977-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.10.2024 й., 03/24/977/0831-сон)

O'zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi yordam ko'rsatish, maslahat berish mexanizmi hamda chora-tadbirlari, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarining oldini olish to'g'risida axborot olishni ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasining butun hududida tunu kun ishlaydigan, bepul telefon liniyasi tarmog'i (ishonch telefoni) ishlab turishini ta'minlaydi. Telefon liniyasi tarmog'i maxfiylikka rioya etgan holda faoliyat ko'rsatadi. Ishonch telefoni orqali olingan axborotni oshkor etishga yo'l qo'yilmaydi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.