Mulkdor davlat organlari va boshqa organlarning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining xususiy mulk huquqining amalga oshirilishi bilan bog'liq qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan, o'z xohishiga ko'ra, bo'ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Bo'ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga shikoyat berish bunday shikoyatni sudga berish huquqini istisno etmaydi.
Mulkdor xususiy mulk huquqining amalga oshirilishi bilan bog'liq o'z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to'g'risida davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat etganida davlat boji to'lashdan ozod qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnLaw on Protection of Private Property
15-modda. Davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.