Law on Protection of Private Property

14-modda. Davlat organlari va boshqa organlar yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan yetkazilgan zararning o'rnini qoplash

(14-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining yoki ular mansabdor shaxslarining g'ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan davlat organi va boshqa organ yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi tomonidan qonunchilikka muvofiq bo'lmagan hujjat chiqarilishi natijasida mulkdorga yetkazilgan zararning o'rni davlat va boshqa organ yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi tomonidan qoplanishi kerak. Davlat organlari va boshqa organlar, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining aybi bilan yetkazilgan zararning o'rnini qoplash sud qarori bilan shu mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.