Uy-joy kodeksi

8-modda. Uy-joy fondi turlari

(8-модда учинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Uy-joy fondi xususiy va davlat uy-joy fondlaridan iboratdir. Xususiy uy-joy fondiga quyidagilar kiradi: fuqarolar mulki bo'lgan uy-joy fondi (yakka tartibda qurilgan uylar, xususiylashtirilgan, qurilgan hamda olingan kvartiralar va uylar, uy-joy qurish hamda uy-joy kooperativlariga qarashli uylardagi pay badallari to'liq to'langan kvartiralar, fuqarolar tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarda mulk qilib olingan kvartiralar va uylar); xo'jalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari hamda boshqa nodavlat yuridik shaxslarning mulki bo'lgan va ularning mablag'lari hisobidan qurilgan yoki auktsionda yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarda olingan uy-joy fondi. Davlat uy-joy fondiga quyidagilar kiradi: mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ixtiyorida bo'lgan, mahalliy byudjetga tushgan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar bo'yicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan munitsipal uy-joy fondi; davlat muassasalari va tashkilotlarining operativ boshqaruvida bo'lgan idoraviy uy-joy fondi; mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ixtiyorida bo'lgan, mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan barpo etilgan, shuningdek xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondidan olib ularning balansiga berilgan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta'minlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanish uchun berilgan aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.