Korxona, muassasa, tashkilot bilan mehnat munosabatlarini uzgan xodimlar, shuningdek saylab qo'yiladigan lavozimlarni egallab turgan shaxslar, harbiy xizmatchilar qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ular bilan birga yashayotgan barcha shaxslar bilan birgalikda boshqa turar joy bermasdan xizmat turar joyidan ko'chiriladilar.
Agar xizmat turar joyi ijara shartnomasi muddati tugagach, ijaraga oluvchi, uning oila a'zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar shu turar joyni bo'shatib berishdan bosh tortsalar, ular boshqa turar joy bermasdan sud tartibida ko'chiriladilar, ushbu Kodeksning 80-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
79-modda. Boshqa turar joy bermasdan xizmat turar joylaridan ko'chirish
(79-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.