Uy-joy kodeksi

71-modda. Fuqarolarga boshqa obod turar joy bergan holda ko'chirish

(71-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Fuqarolarga boshqa obod turar joy bergan holda ular munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joylardan quyidagi hollarda ko'chiriladi: agar turar joy joylashgan uy buzilishi kerak bo'lsa; turar joy belgilangan tartibda avariya holatida yoki yashash uchun yaroqsiz deb topilgan bo'lsa; turar joy yashash uchun mo'ljallanmagan joyga o'tkazilayotgan bo'lsa. Turar joylar joylashgan munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uyi davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratilishi munosabati bilan buzilishi kerak bo'lsa yoxud turar joy yashash uchun mo'ljallanmagan joyga o'tkazilishi lozim bo'lsa, ushbu turar joydan ko'chirilayotgan fuqarolarga boshqa obod turar joy beriladi va bu turar joy yer uchastkasi ajratilayotgan yoki yashash uchun mo'ljallanmagan joyga o'tkazilishi lozim bo'lgan turar joy berilayotgan korxona, muassasa, tashkilotlar tomonidan beriladi. Agar turar joy avariya holatida yoki yashash uchun yaroqsiz deb topilgan bo'lsa, ushbu turar joydan ko'chirilayotgan fuqarolarga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa obod turar joy beradi. Ko'chirilishi munosabati bilan fuqarolarga berilayotgan boshqa obod turar joy ushbu Kodeksning 9-moddasida belgilangan turar joylarga nisbatan qo'yiladigan talablarga javob berishi, shu aholi punkti chegarasi doirasida bo'lishi va maydoni ilgari egallab turilgan maydondan kichik bo'lmasligi kerak. Agar ijaraga oluvchi alohida kvartirani yoki bittadan ortiq xonani egallab turgan bo'lsa, unga tegishligicha alohida kvartira yoxud xuddi shuncha xonali turar joy berilishi lozim. Agar ijaraga oluvchi ortiqcha uy-joy maydoniga ega bo'lgan bo'lsa, turar joy bir kishi hisobiga uy-joy maydonining belgilangan ijtimoiy normasidan kam bo'lmagan hajmda, qo'shimcha uy-joy maydoni olish huquqiga ega bo'lgan va amalda undan foydalanib kelgan ijaraga oluvchiga yoki uning oila a'zolariga – qo'shimcha uy-joy maydoni normasi hisobga olingan holda beriladi. Ko'chirilayotgan shaxsga berilayotgan turar joy ijaraga oluvchini ko'chirish to'g'risidagi sud qarorida, ma'muriy tartibda ko'chirilayotganda esa, prokuror qarorida ko'rsatilgan bo'lishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.