Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi egallab turilgan turar joydan ko'chirishga ushbu Kodeksda belgilangan asoslar bo'yicha yo'l qo'yiladi.
Ko'chirish sud tartibida amalga oshiriladi.
Turar joylarni o'zboshimchalik bilan egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan uylarda yashayotgan shaxslar prokuror sanktsiyasi asosida ma'muriy tartibda ko'chiriladilar.
Ma'muriy tartibda ko'chirish to'g'risidagi prokuror qarori ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
70-modda. Turar joydan ko'chirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.