Uy-joy kodeksi

23-modda. Fuqarolarga va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan turar joylardan va yashash uchun mo'ljallanmagan joylardan foydalanish

(23-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Xususiy mulkida uyi, kvartirasi bo'lgan fuqarolar ulardan o'zlari va oila a'zolari yashashi uchun foydalanadilar. Ular uyiga, kvartirasiga boshqa fuqarolarni ko'chirib kiritishga, shuningdek turar joylarni ushbu Kodeksda hamda o'zga qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlarda va tartibda ijaraga berish shartnomasi asosida boshqa fuqarolarga yashash uchun berishga haqlidirlar. Mulkida uyi, kvartirasi bo'lgan fuqarolar ulardan boshqa fuqarolar hamda yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini buzmagan holda boshqa maqsadlarda foydalanishga haqlidirlar. Mulkida uyi, kvartirasi bo'lgan yuridik shaxslar ularni ijaraga, arendaga berishga hamda ulardan uy-joy to'g'risidagi qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa maqsadlarda foydalanishga haqlidirlar. Ichki ishlar organlari tegishli hududda fuqarolar va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan turar joylardan hamda yashash uchun mo'ljallanmagan joylardan foydalanilishi, shu jumladan pasport rejimiga rioya etilishi, yashayotgan shaxslarning hisobga olinishi va tegishli shartnomalarning mavjudligi yuzasidan nazoratni fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari hamda uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan birgalikda amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.