Uy-joy kodeksi

22-modda. Fuqarolar va yuridik shaxslarning turar joyni xususiy mulk qilib olishi asoslari

(22-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Fuqarolar va yuridik shaxslar quyidagi yo'llar bilan turar joyni xususiy mulk qilib olish huquqiga ega: yakka tartibda uy-joy qurish; yakka tartibda quruvchilarning shirkatlari tomonidan uy-joy qurish; uy-joy obligatsiyalarini olish; uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarida ishtirok etish; oldi-sotdi, hadya va ayirboshlash; umrbod ta'minlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berish; meros olish; qonunda belgilangan tartibda xususiylashtirish. Fuqarolar va yuridik shaxslar turar joylarni qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga binoan ham xususiy mulk qilib olishlari mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.