Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joyga bo'lgan huquqlari saqlanib qoladigan, saqlash guvohnomasini (bronni) olish istagidagi vaqtincha bo'lmagan fuqarolar tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi tuman) hokimligiga ariza beradilar. Ariza turar joyga bo'lgan huquqi o'zi bo'lmaganida ham saqlanib qoladigan fuqaro tomonidan imzolanadi.
Saqlash guvohnomasi (bron) berish to'g'risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
turar joy hujjatining (orderining) nusxasi;
foydalanish xarajatlari va kommunal xizmatlar uchun to'lovlar bo'yicha qarzi yo'qligi to'g'risida uy-joylardan foydalanish tashkilotidan ma'lumotnoma;
saqlash guvohnomasi (bron) berish uchun asoslar mavjudligini tasdiqlovchi hujjat.
Ariza barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab berilgan deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
117-modda. Saqlash guvohnomasi (bron) berish to'g'risida ariza
(117-модда иккинчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 28 сентябрдаги ЎРҚ-638-сонли Қонунига асосан чиқарилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 28.09.2020 й., 03/20/638/1333-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.