Kreditorlarning tashqi boshqaruvchi tomonidan aniqlangan o'z talablari miqdori, tarkibi va ularni qanoatlantirish navbati xususidagi ushbu Qonunning 116-moddasida belgilangan muddatlarda berilgan e'tirozlari sud tomonidan mazkur e'tirozlar olingan sanadan e'tiboran bir oydan kechiktirmay ko'rib chiqiladi.
Kreditorlarning e'tirozlarini ko'rib chiqish natijalari bo'yicha sud ajrim chiqaradi, ajrimda kreditorlarning qaysi talablariga nisbatan e'tirozlar asosli deb topilgan bo'lsa, kreditorlarning shu talablari miqdori, tarkibi va ularni qanoatlantirish navbati ko'rsatiladi.
Kreditorlarning e'tirozlarini ko'rib chiqish natijalari bo'yicha sud chiqargan ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish doirasida kreditorlarning e'tirozlarini ko'rib chiqish chog'ida chiqarilgan ajrimlar va boshqa sud hujjatlari alohida ish yuritishda kreditorlarning qarzdorga nisbatan talablarini ko'rib chiqishda preyuditsial kuchga ega bo'ladi.
Qarzdor xodimlari vakilining mehnatga haq to'lash va mehnat shartnomasi bo'yicha ishlovchi shaxslarga ishdan bo'shatish nafaqasi to'lash bo'yicha qarzning miqdori va tarkibi haqidagi e'tirozlari ham ushbu moddada belgilangan tartibda ko'rib chiqiladi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
117-modda. Kreditorlarning e'tirozlarini ko'rib chiqish
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Kreditorlar (qarzga solinganlar) o'z pullarini qaytarib berishni talab qilganda, tashqi boshqaruvchi ularning talablarini tekshiradi. Agar kreditor bu talablar bilan rozi bo'lmasa, sudga e'tiroz berishi mumkin. Sud bu e'tirozlarni bir oy ichida ko'rib chiqib, qaysi talablar to'g'ri ekanligini aniqlaydi.
Kimga tegishli
Bu qoida bankrotlik jarayonida kreditorlarning o'z huquqlarini himoya qilishiga tegishli.
Amalda
Masalan, Sardor bankka 10 million so'm qarz oldi. Bankrotlik bo'lganda tashqi boshqaruvchi Sardorning qarzini 5 million deb yozdi. Bank bu miqdor bilan rozi emas va sudga e'tiroz berdi. Sud bir oy ichida hujjatlarni tekshirib, qaysi miqdor to'g'ri ekanligini qaror chiqaradi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.