«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

116-modda. Kreditorlarning talablari

Kreditorlar qarzdorga nisbatan o'z talablarini tashqi boshqaruv tartib-taomili amal qilayotgan muddatning istalgan vaqtida taqdim etishga haqli. Mazkur talablar tashqi boshqaruvchiga qarzdorning joylashgan yeri va (yoki) elektron pochta manzili bo'yicha yuboriladi. Kreditorlarning ushbu moddaning to'rtinchi qismiga muvofiq aniqlangan deb e'tirof etiladigan talablari bu talablarni aniqlangan deb belgilash imkonini beruvchi hujjatlar ilova qilingan holda tashqi boshqaruvchiga yuboriladi. Tashqi boshqaruvchi kreditorlarning taqdim etilgan talablarini ko'rib chiqadi va tegishli talab olinganidan keyin uni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha kreditorlarning talablari reyestriga uzog'i bilan ikki hafta ichida tegishli yozuv kiritadi. Tashqi boshqaruvchi ko'rib chiqish natijalari to'g'risida tegishli kreditorni kreditorning talablari olingan paytdan e'tiboran uzog'i bilan bir oylik muddat ichida xabardor qiladi. Kreditor kreditorlarning talablarini tashqi boshqaruvchi tomonidan ko'rib chiqish natijalari yuzasidan e'tirozlarini to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni ko'rayotgan sudga bu natijalardan xabardor bo'lgan paytdan e'tiboran bir oylik muddat ichida bildirishi mumkin. Kreditorlarning ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan muddatda e'tirozlar bildirilmagan talablari tashqi boshqaruvchi tomonidan aniqlanadigan miqdorda, tarkibda va ularni qanoatlantirish navbatida aniqlangan talablar deb hisoblanadi. Kreditor mustaqil ravishda qarzdordan talab qilish huquqini notarial tartibda boshqa shaxslarga o'tkazishi mumkin. Bunda talab qilish huquqini sotib olgan shaxs talabini o'n kun muddat ichida kreditorlar reyestriga kiritish uchun qarzdorning tashqi boshqaruvchisiga murojaat qilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.