Ta'lim sohasidagi davlat nazorati berilayotgan ta'limning mazmuni va sifati davlat ta'lim standartlariga, davlat ta'lim talablari va o'quv dasturlariga, shuningdek ushbu Qonun talablariga muvofiqligini aniqlash yo'li bilan amalga oshiriladi.
Ta'lim tashkilotlari ta'lim sifati ustidan nazoratni amalga oshirishda ta'lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko'maklashadi.
Ta'lim tashkilotlari tomonidan berilayotgan ta'limning mazmuni va sifati ta'lim to'g'risidagi qonunchilikka nomuvofiqligi aniqlangan hollarda ta'lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari nomuvofiqlikni bartaraf etish yuzasidan ularga taqdimnoma kiritadi. Aniqlangan nomuvofiqlik bartaraf etilmagan taqdirda ta'lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ta'lim tashkilotining davlat akkreditatsiyasi to'g'risidagi sertifikatini qonunchilikka muvofiq bekor qilishga haqli.
Ta'lim sifati ustidan nazorat qilish vakolatlariga ega bo'lmagan organlar tomonidan ta'lim tashkilotlarining ta'lim sifatini, ta'lim jarayoni tashkil etilishini, pedagog xodimlarining mehnat faoliyatini, ta'lim oluvchilarining o'zlashtirishini tekshirishga yo'l qo'yilmaydi.
Ta'lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakilni xabardor qilgan holda nodavlat ta'lim tashkilotlarida ta'lim sifati, shuningdek litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn«Ta'lim to'g'risida»gi qonun
43-modda. Ta'lim sohasidagi davlat nazorati
(43-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 сентябрдаги ЎРҚ-957-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.09.2024 й., 03/24/957/0689-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.