Ta'lim tizimidagi monitoring ta'limning holatini, ta'lim natijalarining o'zgarishi sur'atlarini, ta'lim faoliyatini amalga oshirish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o'rganish va kuzatishni, shuningdek ta'lim oluvchilarning kontingenti to'g'risidagi ma'lumotlarni va boshqaruv qarorlari qabul qilinishini tahlil etishni o'z ichiga oladi.
Ta'lim tashkilotlarining monitoringi ta'lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy bo'linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ta'lim holatining tahlili va uni rivojlantirish istiqbollari to'g'risidagi axborot ta'lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va ular hududiy bo'linmalarining, shuningdek ta'lim tashkilotlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
Ta'lim tizimidagi ma'lumotlar jumlasiga rasmiy statistika ma'lumotlari, ta'lim tizimi monitoringi natijalari, ta'lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va ular hududiy bo'linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ta'lim tashkilotlarining ma'lumotlari kiradi.
lex.uz’dagi asl matn«Ta'lim to'g'risida»gi qonun
42-modda. Ta'lim tizimidagi monitoring
(42-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 сентябрдаги ЎРҚ-957-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.09.2024 й., 03/24/957/0689-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.