Dehqon xo'jaligining yerga egalik qilish va yerdan foydalanish sohasidagi huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilab qo'yiladi.
Dehqon xo'jaligiga berilgan tomorqa yer uchastkasi bo'linmaydi.
Tomorqa yer uchastkasining o'lchamlari va chegarasi faqat dehqon xo'jaligi boshlig'ining roziligi bilan o'zgartirilishi mumkin.
Dehqon xo'jaligining yer uchastkasini olib qo'yishga qonunda nazarda tutilgan hollarda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shunga teng boshqa yer uchastkasi berilib, buzib tashlanayotgan binolar va inshootlar qiymati qoplanganidan yoki boshqa joyga ko'chirilganidan yoxud boshqa bino va inshootlar qurib berilganidan keyingina yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonun
25-modda. Dehqon xo'jaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish huquqi kafolatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.