Fuqarolarga fermer xo'jaligi yuritish uchun yer uchastkalari ellik yilgacha bo'lgan, lekin o'n yildan kam bo'lmagan muddatga ijaraga beriladi.
Yer uchastkasi yoki uning bir qismini olib qo'yishga faqat yer to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo'l qo'yiladi.
Yer uchastkasining ijara shartnomasi taraflarning kelishuviga binoan, taraflar o'rtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sud tomonidan o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Fermer xo'jaligi tugatilgan taqdirda uni yuritish uchun berilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi qonunda belgilangan tartibda bekor qilinishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonun
24-modda. Fermer xo'jaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish huquqi kafolatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.