«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonun

22-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining tashqi iqtisodiy faoliyat erkinligi kafolatlari

(22-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2004 йил 3 декабрдаги 714-II-сон Қонуни таҳририда — Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари тўплами, 2004 й., 51-сон, 514-модда)

Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari qonun hujjatlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni mustaqil tarzda amalga oshiradilar. Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi valyuta hisobvaraqlarini ochish va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun asos bo'ladi. Tovarlarni import qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchisi sifatida ro'yxatdan o'tkazilganligi ham bunday tadbirkorlarga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun asos bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.