«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonun

21-modda. Pul mablag'larini tasarruf etish kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari o'z pul mablag'larini mustaqil ravishda tasarruf etadilar. Bank muassasalari tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining pul mablag'laridan foydalanish yo'nalishlarini belgilab berish va nazorat qilishga hamda pul mablag'larini o'z ixtiyoriga ko'ra tasarruf etish borasidagi huquqlarini qonunda yoki bank hisobvarag'i shartnomasida nazarda tutilmagan boshqa cheklashlarni belgilashga haqli emas. Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining ularga xizmat ko'rsatuvchi bank muassasalari hisobvaraqlaridagi mablag'lari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul shaklida olinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.