Suv yetkazib beruvchi tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
suvdan foydalanishni amalga oshirish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda inshootlar, qurilmalarni hamda boshqa ob'yektlarni qurish va rekonstruktsiya qilishni amalga oshirish;
berilayotgan suvning miqdori va sifatini tekshirishni amalga oshirish;
ko'rsatilgan xizmatlar uchun o'z vaqtida haq to'lanishini talab qilish;
suvdan foydalanuvchilarga suv yetkazib berishni suvdan foydalanish qoidalari buzilganda, suvdan maqsadsiz foydalanilganda, suv olish limitlari oshirib yuborilganda, shuningdek suv yetkazib berganlik uchun va ko'rsatilgan boshqa suv xo'jaligi xizmatlari uchun o'z vaqtida haq to'lanmagan hollarda, aniqlangan shartnoma shartlarining buzilishlari bartaraf etilguniga qadar to'xtatib turish;
o'z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi, shu jumladan belgilangan suv olish limitlariga va suv berish rejimiga muvofiq suv olish huquqining buzilganligi tufayli yetkazilgan zararning o'rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish.
Suv yetkazib beruvchi tashkilot qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn80-modda. Suv yetkazib beruvchi tashkilotning huquqlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.