Water Code

8-modda. Suv ob'yektlarining toifalari

Suv ob'yektlarining toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi: O'zbekiston Respublikasining yer usti va yer osti suv ob'yektlari; O'zbekiston Respublikasida joylashgan va uning hududini kesib o'tadigan transchegaraviy yer usti va yer osti suv ob'yektlari. Yer usti suv ob'yektlari jumlasiga tabiiy va sun'iy suv oqimlari hamda hovuzlar, shuningdek buloqlar va boshqa ob'yektlar, ularning o'zanlari, tubi va qirg'oqlari kiradi. Yer osti suv ob'yektlari jumlasiga quyidagilar kiradi: yer osti suvlari konlari va suvli qatlamlari hamda ularning yer qa'risiga yoki yer yuzasiga sizib chiqish zonalari; suv rejimi chegaralari va chiziqlariga ega bo'lgan yer qa'ridagi suvlar to'planishining boshqa shakllari.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.